Tennischi bugundan boshlanadigan Fransiya ochiq chempionatini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda jurnalist Denni Mishe Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Kelasi hafta Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etishi kutilgan 4 tennischi koronavirusga chalingan. Ular tegishli test topshirganidan so‘ng aniqlangan. Ulardan biri o‘zbekistonlik sportchi Denis Istomin.

Fransiya ochiq chempionati 21-sentabr – 11-oktabr kunlari o‘tkaziladi. Musobaqaning amaldagi chempioni ATR reytingidagi 2 raqamli raketkachi Rafael Nadal va birinchi raqamli raketkachi avstraliyalik Eshli Barti hisoblanadi.

Mavzuga doir:
Dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan sportchi qiz yana chempionga aylandi
Koronavirus yuqtirib olgan taniqli 10 nafar sportchi

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin ATR reytingining 167-pog‘onasida bormoqda.