AQShning Texas shtatida kichik samolyotning qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekompaniyasi xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Samolyot dvigatelning ishlamay qolishi sababli qo‘nish paytida qulab tushgan. Oqibatida ikki erkak va ikki ayol halok bo‘ldi.

Samolyot Ostindan Luiziana tomon yo‘l olgan.

Transport xavfsizligi bo‘yicha milliy kengash o‘zining Twitterdagi sahifasida tergov olib borilayotganligini yozgan. Halokatga uchragan samolyot Piper PA-46 bo’lgani aytilgan.

Mavzuga doir:
“Tu-160” samolyotlari jahon rekordini yangiladi
Yaponiyaning aviakompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarni tashkil qiladi