Davlat korxonalarida yaqin qarindoshlar bevosida birga ishlashi taʼqiqlanadi, deb eslatib qoʻydi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” telegram kanali. 

Foto: Google

Xususan, Oʻzbekiston Mehnat kodeksida qoʻyidagi modda bor:

79-modda. Qarindosh-urugʻlarning davlat korxonasida birga xizmat qilishlarini cheklash
Oʻzaro yaqin qarindosh yoki quda-anda boʻlgan shaxslarning (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, bir davlat korxonasida birga xizmat qilishlari taqiqlanadi.

Mehnat kodeksi ilovasida quyidagi holatlar ushbu qoidadan istisono boʻlishi alohida aytib oʻtilgan: 

1. Xorijdagi diplomatik xizmat xodimlari.
2. Davlat qishloq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
3. Temir yoʻl transportining liniya korxonalari, yoʻl, qurilish-montaj va boshqa xodimlari;
4. Aloqadan foydalanish korxonalari va tashkilotlari xodimlari;
5. Sogʻliqni saqlash tizimi shifokorlari, oʻqituvchilar, kutubxonachilar;
7. Teatr badiiy jamoalari, artistlar, rassomlar va musiqachilar;

Mavzuga doir:
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini qabul qilishga oid Qonun loyihasi e’lon qilindi

Batafsil maʼlmuot bilan Oʻzbekiston Mehnat kodeksi va uning istisinolar roʻyxatida tanishishingiz mumkin.