Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Yunusobod tumanida qotillik sodir etilganligi yuzasidan xabar tarqalgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

Foto: Google

Aniqlanishicha, 2020 yil 20 sentyabr kuni soat 06.00 larda Yunusobod tumani, A.Temur ko‘chasida joylashgan tungi klubdan chiqqan shaxslar ko‘chada turgan boshqa bir guruh shaxslar bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida, fuqaro S.X. yonida bo‘lgan pichoq bilan 4 nafar shaxsga bir necha martotaba tan-jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda, 2 nafar shaxs vafot etgan, qolgan 2 nafarini hayoti saqlab qolingan.

Mavzuga doir:
Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori koronavirusdan vafot etdi
Bosh prokuratura Toshkent viloyati bosh infeksionistining hibga olinishi bo‘yicha bayonot berdi

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan S.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, l»” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

S.X. protsessual tartibda ushlanib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.