Misr poytaxti Qohiradan 30 kilometr olisda, qadimiy qabristondagi muqaddas qadamjo — Sakkarda qazishma olib borayotgan arxeologlar 2,5 ming yildan uzoq tarixga ega qabrlarga duch kelishdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Arxeologlar avval ochilmagan jami 27 ta sarkofag (qabr)ni aniqlashdi, deb yozmoqda VVS.

Sakkarda uch ming yillar avval qabriston sifatida foydalanilgan ushbu joy YUNESKOning butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Sentabr boshlarida arxeologlar 13 ta, keyinroq esa 14 ta yorqin ranglarga bo‘yalgan, yaxshi saqlangan sarkofaglarni topishdi. Shuningdek, turli buyumlar ham chiqdi. Ekspertlar arxeologlarning topilmasini jahon tarixidagi eng buyuk kashfiyotlardan biri deyishmoqda.

Mavzuga doir:
Arabiston yarimorolidan 120 ming yillik inson izlari topildi
AQShda g’avvoslar ikki asr oldin ko’lda cho’kib ketgan kema qoldiqlarini topishdi

Qazishmalar davom etyapti, arxeologlar 11 metr chuqurlikda ishlashyapti. Ular bu sarkofaglar kimlarga tegishli bo‘lganini aniqlashmoqchi.