Tormoz, rul va ulovchi qismlarida nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarganlik uchun qanday jazo chorasi mavjud? Bu haqida IIV YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Haydovchilarning tormoz tizimida, rul boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 125-moddasi uchinchi qismiga ko‘ra, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi va ushbu Kodeksning 291-moddasiga ko‘ra, transport vositasi maxsus belgilangan joyga ushlanib qolinadi.