O‘zbekiston 8 oyda qiymati 5,8 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan oltin sotdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga 147,2 foizni tashkil etib, 1,8 mlrd. AQSh dollariga ko‘p.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, oltin eksporti jami eksport ulushining 50 foizni tashkil etoqda.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston jahonning 160 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida respublikaning tashqi savdo aylanmasi 24,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 mlrd. AQSh dollariga kamaygan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport 11,6 mlrd. AQSh dollari, import hamji 12,9 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lib, tashqi savdo aylanmasi saldosi -1,3 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston tayyor kiyim-kechak eksporti hajmini oshirdi
Yil boshidan Andijon viloyati xorijga 2,8 million dollarilik qovun sotdi