Hindistonning g’arbiy qismida joylashgan Maxarashtraning Bivandi shahrida uch qavatli uy qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo’ldi, deb xabar berdi RIA Novosti “ANI”ga tayanib.

Foto: 24

Ma’lum bo’lishicha, mamlakatda tabiiy ofatlarga qarshi kurash xizmati (NDRF) rahbari o’zining Twitter’dagi akkauntida uyni mahalliy vaqt bilan soat 4:00 da (Toshkent vaqti bilan 3:30) qulaganligini aytgan.

Xabarlarga ko’ra, mahalliy aholi 20 ga yaqin odamni qutqargan, yana 20-25 kishi vayronalar ostida bo’lishi mumkin.

Mavzuga doir:
Hindiston koronavirusga qarshi rus vaksinasining 100 mln. dozasini xarid qiladi
Hindistonda 5-sinf ma’lumoti bilan shifokorlik qilib yurgan firibgar qo’lga tushdi
Hindiston vakili norozilik ramzi sifatida ShHT uchrashuvini tark etdi

Hozir qutqaruvchilar texnik vositalar yordamida qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borishmoqda, ularga maxsus o’rgatilgan it yordam bermoqda.