Sankt-Peterburg – Toshkent va Moskva – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha charter reys amalga oshiriladi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” kompaniyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

“Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻz Vatanlariga qaytib kelishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi 2020-yil sentabr oyida Rossiya Federatsiyasi (Moskva, Sankt-Peterburg) shaharlaridan Toshkentga charter qatnovlarga erkin sotuv ochilganini maʼlum qiladi”, – deyilgan xabarda.

Qoʻshimcha HY 3602 Moskva-Toshkent reysi 23- , 24- , 25- , 30-sentabr, HY 3602 Sankt-Peterburg-Toshkent reysi reysi 25- , 28- , 30-sentabr kuni amalga oshiriladi.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniyaning rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun: Parvozga faqat 72 soat oldin PZR tahlili topshirganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomaga ega boʻlgan Oʻzbekiston respublikasi fuqarolari qoʻyiladi. 

Eslatib oʻtamiz, “Uzbekistan Airways” 17-sentabrdan boshlab Moskvadan kuniga 2 marotaba aviaparvozlar tashkil qilishni boshlagan edi. Ayni damda chiptalar erkin savdoda sotilmoqda.