Yaponiyalik olimlar ultrabinafsha koronavirusni o‘ldirishini isbotlashdi. Xirosima universiteti mutaxassislarining tadqiqoti “American Journal of Infection Control” jurnalida chop etildi.

Foto: Sputnik

Ultrabinafsha ta’siri natijasida 99,7 foiz koronavirus hujayrasi halok bo‘ladi. Bunda to‘lqin uzunligi 222 Hm.ni tashkil etishi kerak. Negaki, shunday holatda u teri ostiga kirib, tirik hujayralarni nobud qilmaydi.

Olimlarning fikricha, mazkur kashfiyot shifoxonalarni dezinfeksiyalashga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi.

Mavzuga doir:
COVID-19’ni ko‘proq kimlar yuqtirishi va asosiy yuqish yo‘li aniqlandi
Koronavirusning miyaga kirish xususiyati aniqlandi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 959 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.