Shvetsiyalik dietolog Kristina Anderson arzon va foydali mahsulotlar nomini keltirib o‘tdi. Bu haqda Svenska Dagbladet nashri yozmoqda.

Foto: On-desktop

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, dietaga piyozni qo‘shmoq kerak, chunki uning tarkibida vitaminlar va ozuqaviy moddalar mavjud va bakteritsid ta’siriga ega. Qizil piyoz ayniqsa antioksidantlarga boy.

Karam iste’moliga ham katta e’tibor qaratmoq lozim, u organizmni saraton kasalligidan himoya qiluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.

Shu bilan birga, oshqozon muammosidan aziyat chekadigan odamlar karamni xom emas, balki pishgan holda iste’mol qilishlari kerak.

Mavzuga doir:
Kam uxlagan odamlarga hatto yoqimli voqealar ham zavq bag‘ishlamay qo‘yadi – olimlar
Dietolog bolalar uchun eng foydali nonushtani ma’lum qildi

Diyetolog shuningdek, ko‘plab minerallarni o‘z ichiga olgan kartoshka, sabzi va lavlagi kabi ildizli sabzavotlarini tez-tez iste’mol qilishni maslahat berdi.