Amerikalik huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari AQSh prezidenti Donald Trampga yuborilgan zaharlangan maktubni ushlab qolishdi, deb xabar berdi CNN telekanali.

Foto: RIA Novosti

Hodisa AQSh maxfiy xizmati va Federal tergov byurosi tomonidan tekshirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, prezident nomiga yuborilgan xatni tekshirish paytida unda ritsin – o‘simlikdan olingan zaharlangan modda borligi aniqlangan. Idoraning bayonot berishicha, maktub Kanadadan yuborilgan, xat egasi hali qo‘lga olingani yo‘q.

Ritsin – kanakunjutdan olingan zaharli modda. Uni yutib yuborganda ko‘ngil aynishi, qayt qilish, ichki qon ketishini keltirib chiqaradi.

Mavzuga doir:
Tramp prezident bo’lganidan so’ng barcha do’stlarini yo’qotganini aytdi
Tramp AQShdagi saylovlar uchun eng katta xavf nima ekanini aytdi

Hatto, ichki a’zolar faoliyatining yetishmovchiligi va o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ritsinga qarshi ziddizahar mavjud emas.