2020-yil 20-sentabr soat 10.00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 51 235 (+243) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 228 nafari Toshkent shahrida, 15 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yashnobod tumanida yashagan 53 yoshli S.M. (erkak) hamda Quyichirchiq tumanida yashagan 57 yoshli R.E. (erkak), jami 429 (+2) nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 47 271 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (92 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3535 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 495 nafari og‘ir, 267 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.