Shanba kuni kechqurun avtobus daryoga tushib ketishi natijasida kamida sakkiz nafar Gana yoshlar ligasi futbolchilari halok bo’ldi, deb xabar beadi Sports World Ghana.

Foto: Gazeta

Ta’kidlanishicha, olti nafar futbolchi halokat joyida vafot etgan, ikkitasi olgan jarohatlaridan mahalliy kasalxonada vafot etgan. Yana to’rt nafar yosh futbolchining ahvoli og’ir va ular kasalxonada davolanmoqda.

Ta’kidlanishicha, hodisa natijasida yana 24 kishi kasalxonaga yetkazilgan, ular jiddiy jarohat olishmagan.

Mavzuga doir:
Gana prezidenti karantinga yuborildi – OAV

Ma’lum bo’lishicha, futbolchilar Gana yoshlar futbol ligasiga ro’yxatdan o’tish uchun Kumasi shahri yaqinidagi jamoadan ketishayotgan bo’lgan.