Rossiyaning tovushdan tez uchuvchi “Tu-160” bombardimonchi samolyotlari 19-sentabr kuni yangi jahon rekordi o‘rnatgani haqida “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Bu haqda RF Havo-kosmik kuchlari uzoq parvozlar qo‘mondoni, general-leytenant Sergey Kobilash jurnalistlarga ma’lum qilgan.

“Bugun uzoq parvozlar ikki ekipaji “Tu-160″ strategik raketa tashuvchilarida uzoqqa parvoz qilish va parvoz davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi. Rossiya HKK uchuvchilari 25 soatdan ko‘proq vaqt havoda bo‘lib, 20 ming kilometrdan ortiq masofani uchib o‘tishdi”, — degan Kobilash.

Uning ta’kidlashicha, ushbu toifa samolyotlarda hali hech kim bundan uzoq uchgan emas.

Xabarga ko‘ra, 24 soatu 24 daqiqalik oldingi rekord ham «Tu-160» tomonidan o‘rnatilgan.

Mavzuga doir:
Yaponiyaning aviakompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarni tashkil qiladi
AQShda bitta dvigatelli samolyot qulashi oqibatida ikki kishi halok bo’ldi