Janubiy Koreya Respublikasi poytaxtida O‘zbekiston elchisi Vitaliy Fenga “Do‘stlik elchisi – 2020” mukofotini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Vitaliy Fen

Mamlakatimiz diplomatik missiyasi rahbari ushbu mukofotga O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlari va samarali faoliyati uchun munosib topildi.

Taqdirlash marosimida Janubiy Koreya do‘stlik va madaniyat elchilari uyushmasi prezidenti, nufuzli “NDNnews” jurnali raisi va noshiri Shin Xyun Du samarali diplomatik faoliyati uchun Vitaliy Fenga hurmat bajo keltirgan.

Mavzuga doir:
Vitaliy Fen Koreyadagi barcha vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi
Iordaniya elchisi O‘zbekistondagi faoliyatini yakunlamoqda
Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan 2018-yil avgust oyida Vitaliy Fen diplomatik xizmatdagi samarali faoliyati va ulkan xizmatlari uchun “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.