Hozirda ushbu holat yuzasidan Qorako‘l tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, Qorako‘l tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori katta leytenant Bobur Ro‘ziyevning Buxoro viloyati IIB boshlig‘i nomiga yozgan bildirgisi asosida, IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Buxoro viloyati bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, profilaktika yurituvda bo‘lgan fuqaro R.P.ning arizasi asosida tan jarohati bilan bog‘liq holat yuzasidan o‘ziga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga profilaktika inspektoriga 188 000 so‘m pullarni pora tariqasida bermoqchi bo‘lgan 1987-yilda Qashqadaryoda tug‘ilgan fuqaro N.J. ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mavzuga doir:
Qarshida ikki marta sudlangan OTM o‘qituvchisi $7000 pora bilan ushlandi
DXX korrupsiya va firibgarlik bilan bog‘liq qator holatlarga chek qo‘ydi

Hozirda ushbu holat yuzasidan Qorako‘l tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro J.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.