Tim Kuk Apple xodimlariga 9 dan 13 martgacha masofadan ishlashga ruxsat berdi. Bu faqat yuqtirish holatlari eng ko’p qayd etilgan mintaqalardagi ofislarga qo’llaniladi.

Foto: AP / Ng Han Guan

Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning global filiallari xodimlariga koronavirus tarqalishi munosabati bilan masofadan turib ishlashga ruxsat berdi. Bu haqida Bloomberg Apple xodimlariga Kuk tomonidan yuborilgan xabarga asoslanib xabar bermoqda.

6 – mart, juma kuni Apple kompaniyasi xodimlarga Kaliforniya va Sietlda masofadan ishlashga ruxsat berdi .