Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Sharkiy Berdaq” gazkondensat konidagi 83-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, 2580-2560m., 2535-2525m., 2500-2450m. oralig‘iga filtr tushirildi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zbekneftgaz” axborot xizmati

Tezkor ma’lumotlarga kura, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

“O‘zneftgaz burg‘ulash ishlari” MChJ tomonidan olib borilgan burug‘ulash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

Ta’kidlanishicha, ushbu quduq “O‘zbekneftgaz”AJning 2020-yilda o‘z kuchi bilan burg‘ulab ishga tushirishi ko‘zda tutilgan 20 ta quduqdan biri hisoblanadi.

Mavzuga doir:
“Shimoliy Berdaq” konida gaz qudug‘i ishga tushirildi
Ustyurtdagi “Shimoliy Berdaq” konida tabiiy gaz olinadigan yangi quduq ochildi
“Shimoliy Berdaq” konidagi gaz qudug‘i qayta ishga tushirildi