Shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qo‘ng‘iroqlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini elektron qayd etish joriy etiladi. Bu haqda Sog’liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Foto: Xalq so’zi

O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da aytilgan.

Qayd etilishicha, bunda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qo‘ng‘iroqlar va bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini elektron qayd etish nazarda tutiladi.

Mavzuga doir:
Yurtimizga rossiyalik yana bir guruh tibbiyot xodimlari kelishdi
Koronavirusga qarshi “tibbiyot desantlari” safarbar qilindi