Hindistonning Kerala shtatida shifokorlar yaqinda Italiyadan oilasi bilan qaytgan uch yoshli bolada koronavirus tashxisini qo’yishdi, deb xabar beradi “NDTV“.

Foto: RIA novosti

Infeksiyaning yangi holati Hindistonda 41-chi bo’ldi. Bemorlarning uchtasi tuzalib, kasalxonadan chiqarildi.

Gazetaning yozishicha, aeroportdagi skanerlar shanba kuni Hindistonga kelgan bolada isitma borligini ko’rsatgan, shundan so’ng u va uning oilasi karantinga yuborilgan va bolaning sinovda tekshirilgan. Dushanba kuni natijalar bolada koronavirus borligini tasdiqladi.