Moliya vazirligi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasining 19-sentabr holatiga daromad va xarajatlarini e’lon qildi. 

Foto: Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati

Unga ko‘ra, o‘tgan bir oydan ortiq muddatda jamg‘armadan yana 1,5 trln. so‘m sarflangan, jami xarajatlar 9,49 trln. so‘mga yetdi.

Shaxsiy himoya, dezinfeksiyalash, izolyasiya vositalari, test-diagnostika, dori va tibbiy texnika vositalarini xarid qilishga yana 81 mlrd. so‘m, tibbiy xodimlarini rag‘batlantirish hamda SEX uchun 289 mlrd. so‘m, karantin va davolashda bo‘lgan fuqarolarga 175 mlrd. so‘m, shu jumladan, 43 mlrd. so‘m ovqatlantirishga, maktablarga pirometr va dozator xarid qilish uchun 17 mlrd. so‘m, jamoat joylarini dezinfeksiya qilishga 2 mlrd. so‘m sarflangan.

Mavzuga doir:
Moliya vaziriga o‘rinbosar tayinlandi
Koronavirusga qarshi kurashda jalb qilingan xodimlarga 2,2 trillion soʻm ajratildi

Jamoat ishlari jamg‘armasiga 70 mlrd., bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga 110 mlrd so‘m, kam ta’minlangan oilalarga 100 mlrd. so‘m ajratildi.