Pandemiya tufayli barcha turdagi qatnovlarning yopilishi ortidan Samara viloyatida qolib ketgan Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish maqsadida yana toʻrtta poyezd tashkil etiladi. Bu haqda Samara viloyati hukumati saytida xabar berildi.

Foto: Transport vazirligi

Vatanga qaytmoqchi boʻlgan oʻzbekistonliklar 15-avgustdan Kinelga kelishni boshlagan edilar. Avvaliga migrantlar temiryoʻl vokzali platformasida joylashgan. 21-avgust kuni region hukumati ular uchun palatkali lagerni qurib berdi. Sovuq kunlar boshlanishi bilan isitish tizimlari ham tashkil etildi.

“Migrantlarni oʻz manziliga yetkazish uchun sakkizta poyezd yuborildi, yana toʻrtta poyezd tashkillashtiriladi. Shuningdek, Kurumoch aeroportidan chiqish reyslari rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.

Samara viloyatiga kirishda yana nazorat postlari ishga tushdi — ular shu jumladan, lagerda koronavirus oʻchoqlari paydo boʻlishi xatarlarini pasaytirish ustida ish olib bormoqda, deb xabar qiladi matbuot xizmati.

Toshkentda fuqarolardan Rossiya-Qozogʻiston chegarasida muntazam toʻplanmaslikni va Rossiyada yashash joyi boʻyicha chiqish reyslari navbatini kutishni munzatam soʻrab keladi.

Mavzuga doir:
Yaponiyaning aviakompaniyasi O‘zbekistonga charter reyslarni tashkil qiladi
Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan 938 nafar yurtdoshimiz olib kelindi

Ammo Oʻzbekistonga qaytish istagida boʻlgan yuzlab fuqarolar may oyidan boshlab muntazam ravishda Rossiyaning Samara, Orenburg va Rostov viloyatlarida toʻplanib keladilar. Respublika hukumati avtobus va temir-yoʻl transporti orqali oʻng mingdan ziyod vatandoshlarni olib chiqdi.