Avval xabar qilganimizdek, Iordaniya poytaxti Amman shahrida Tokio Olimpiadasi uchun boks boʻyicha litsenzion turnir oʻtkazilmoqda.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati

Musobaqaning bugungi yettinchi kuni doirasida 5 nafar vakilimiz Tokio Olimpiadasi yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarilishadi.

-51 kg: Tursunoy Rahimova – Xsyao-Ven Xuang (Xitoy Taypeyi)
-52 kg: Shahobiddin Zoirov – Omid Ahmadisafa (Eron)
-57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Sing Yu Tso (Gongkong)
-60 kg: Rayhona Qodirova – Sudaporn Sisondi (Tailand)
-63 kg: Elnur Abduraimov – Garsayd Xarrison (Avstraliya).