Epidemiya boshlanganidan beri Rossiyada koronavirus infeksiyasining umumiy soni 1 097 251 nafarga yetdi. Bu haqda 19-sentabr, shanba kuni mamlakatning “Stopkoronavirus RF” Telegram kanali xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

Mamlakatda bugun infeksiyaning yangi +6065 ta holati aniqlandi.

Shtab xabarida qayd etilganidek, butun davr mobaynida respublikaning 85 ta mintaqasida 1 097 251 ta yuqtirish holatlari aniqlangan. Shu bilan birga, jami 19 339 o’lim qayd etilgan, 906 462 kishi infeksiyadan davolandi.

Rossiyada koronavirus bo’yicha yangi holatlar kundan kunga ortib bormoqda. Kecha mamlakatda infeksiyaning 5905 yangi holati qayd etilgan edi. 17-sentabr kuni esa 5762 yangi kasallik qayd etilgandi.

Mavzuga doir:
Rossiya dushanbadan YeOIIdagi sheriklari bilan aviaqatnovlarni tiklaydi
Milliy bank Rossiya bankining moliyaviy xabarlar yetkazish tizimiga ulanadi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 30 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 950 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.