Foto: Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, shu yil 17-sentabr kuni soat 17:50 larda M-39 yo‘lining 928 km. da Toshkent-Termiz yo‘nalishi bo‘yicha haydovchi M.J. “Kamaz” rusumli 30 V 866 RA davlat belgili yuk mashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib ag‘darilib ketgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q, faqatgina transport vositasi texnik jihatdan shikastlangan.

Haydovchilardan transport vositasini boshqarish vaqtida belgilangan tezlikdan oshirmasliklarini yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz“, – deyiladi Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabarida.

Mavzuga doir:
Sirdaryodagi YTHda piyoda vafot etdi
Sirdaryodagi mudhish YTHda 20 yoshli yigit vafot etdi