Foto: Kun.uz

Bugun va ertaga O’zbekiston hududiga janubiy tumanlardan juda iliq havo oqimi kirishda davom etadi. Mamlakatimiz hududida avvalgidek havo ochiq, harorat 17-20 daraja iliq bo’ladi, bu o’rtacha ko’p iillik klimatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shiddat bilan esganda shamol tezligi sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

Yakshanba kuni O’zbekiston hududiga O’rta er dengizi ustida shakllangan siklon kirishni boshlaydi. Respublika bo’ylab shamolli ob-havo saqlanib turadi, hamma joyda bulutlilik ortadi. Shimoli-g’arbiy tumanlar va cho’lli xududlarda ayrim joylarga yomg’ir yog’adi. Markaziy va janubiy tumanlar, shuningdek Toshkentda kechga yaqin kuchsiz yomg’ir yog’ishi kutilmoqda. Farg’ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog’ingarchiliksiz bo’ladi. Havo harorati bir oz pasayadi, lekin shunga qaramasdan me`yordan yuqori bo’ladi: kechasi 4-7 daraja iliq, kunduzi 14-17 daraja iliq, airim joylarda harorat 20 darajagacha ko’tariladi. Faqat Qoraqalpog’istonda va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat keskin pasayib 3-8 daraja iliq atrofida bo’ladi.