Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Farg’ona viloyati IIB axborot xizmati xabar qildi.

Foto: Google

Farg‘ona shahrida 17-sentabr kuni fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashinasini Yo‘ldosh ko‘chasida boshqarib ketayotib, avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi beton to‘siqga urilishi oqibatida M.B. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:
IIBB Sergelidagi ayanchli YTH tafsilotlarini oydinlashtirdi
Beshariqda “Damas” velosipedchini urib yuborishi oqibatida fuqaro vafot etdi