Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-sentabr kuni ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini takomillashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilish avvalida davlat rahbari koronavirus bilan bog‘liq vaziyatga to‘xtalib o‘tdi. Kasallik hamon butun dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgani, so‘nggi kunlarda yurtimizda ham bemorlar soni ko‘paygani afsus bilan qayd etildi.

Temir intizom va tartibni ta’minlab, barcha joylarda sanitariya talablariga qat’iy amal qilish kerakligi yana bir bor ta’kidlandi.

Kuz mavsumida shamollash ko‘payishi, koronavirusga qo‘shimcha boshqa kasalliklarning ortishini inobatga olib, bemorlar uchun yaratilgan zaxira o‘rinlarini ko‘paytirish, zarur tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Mavzuga doir:
Shavkat Mirziyoyev Chili Prezidentiga tabrik yo’lladi
Shavkat Mirziyoyev Hindiston bosh vazirini tavallud ayyomi bilan tabrikladi
Prezident suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha yig’ilish o’tkazdi

Birinchi navbatda tibbiyot xodimlari va maktab o‘qituvchilarini, 65 yoshdan oshgan keksalarni grippga qarshi emlash zarurligiga e’tibor qaratildi.

Eslatib o’tamiz, kuni kecha O‘zbekistondagi barcha o‘qituvchilar sink dorisi bilan bepul ta’minlanishi haqida xabar bergan edik.