Bu borada Janubiy Koreya, Xitoy, Rossiya, Ukraina, Birlashgan Arab Amirligi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

Foto: Google

Ma’lum qilishicha, shu kunga qadar Farg‘ona bog‘larida pishib yetilgan 3 ming tonnadan ortiq anor eksportga jo‘natilgan.

Qadimdan anorchilik ulkan daromad manbai, kamyob va shifobaxsh ne’mat sifatida baholangan. Zamonaviy tibbiyot, xalq tabobatida juda foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jahon bozorida ushbu mahsulotga bo‘lgan talab va taklif yuqori. Shu bois anorzorlarni kengaytirish, serhosil, ertapishar navlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu kunga qadar Rishton va Oltiariq tumanlarida 1 ming 400 gektar yangi anorzorlar tashkil etildi.

Mavzuga doir:
Surxondaryoda uzum eksporti mavsumi boshlandi
O‘zbekiston Xitoyga qandolatchilik mahsulotlarini eksport qiladi

2025-yilga borib viloyatdagi anor maydonlari 20 ming gektarni tashkil qiladi va yiliga 200 ming tonnadan ortiq anor yetishtiriladi. Bu mavsum davomida 120 ming tonnadan ortiq anor eksportini amalga oshirish imkoniyatini beradi.