Ruminiya shimoli-sharqidagi Nyams tumanidagi bir qishloq uyi ostida yashirib qo‘yilgan noyob kitoblar xazinasi topildi.

Foto: Norma

Dantening asarlarining kamyob nashrlari, Fransisko de Goyyaning chizmalari, Galiley va Nyutonning XVI va XVII asrlarga mansub qo‘lyozmalari — hammasi uyning poli ostiga yashirib qo‘yilgan edi.

Topilgan kitoblarning umumiy qiymati 3 million dollardan yuqoriroq.

Xabarga ko‘ra, ushbu kitoblar 2017-yil yanvarida Las-Vegasdagi auksionga jo‘natilishi arafasida Londondan o‘g‘irlab ketilgan edi.

Qidiruvlar kitob o‘g‘rilari Ruminiyadagi uyushgan jinoiy guruh a’zolari ekanini ko‘rsatdi va oradan uch yil o‘tib, o‘nlab tintuvlardan so‘ng kitoblar topildi.

Mavzuga doir:
Ruminiyalik qo‘shiqchi o‘z o‘limini jonli efir orqali namoyish qildi

Albatta, bular juda qimmat kitoblar, ammo umuminsoniy madaniy meros sifatida mutlaqo bebaho, deya politsiya topilmaning ahamiyati kattaligiga e’tibor qaratgan.