“O‘zgidromet” ertaga, 20-sentabr kuni kuzatilayotgan ob-havo ma’lumotlarini taqdim etdi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi axborot xizmati

Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-11°, kunduzi 27-29° bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy o‘amol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s, ba’zi joylarda 15-20 m/sgacha kuchayadi. Harorat kechasi10-15°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Siredaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.

Mavzuga doir:
Olimlar xandonpista ozishga yordam berishini aniqlashdi
Xitoylik olim olmadagi yashirin xavfni aniqladi

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, respublika tog‘ oldi va tog‘ hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° bo‘ladi.