Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti hamda Rossiyaning yosh mutaxassislari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida uch tomonlama Memorandum imzolandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar bermoqda.

kelishuv sotish shartnoma
Foto: Davlat aktivlarini boshqarish agentligi axborot xizmati

Ushbu kelishuv Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Qozon va Novosibirsk shaharlarida oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini rus tili va kasbga oʻqitishni koʻzda tutadi.

Unda fuqarolar qurilish, xizmat koʻrsatish, transport va logistika, texnika va texnologiyalar, ishlab chiqarish, avtomobilsozlik sohalarida 25 ta kasb boʻyicha oʻqitiladi.

Oʻzbekiston fuqarolarining rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida RUDNning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Mavzuga doir:
O‘zbekistonda Rossiya IIVning pasport-viza xizmati vakolatxonasi ochiladi
Rossiyada migrantlar uchun avans soliq toʻlovini joriy etish taklif qilindi

Unda Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi Oʻzbekiston fuqarolariga patent olish uchun talab etiladigan rus tili boʻyicha imtihon topshirishga tayyorgarlik koʻrish, tayyorlanish mobaynida bepul maslahatlarni olish imkoniyati taqdim etiladi.