Istanbulning “Baykar Defense” kompaniyasi Turkiyaning ilk uchar mashinasi — “Cezeri”ni sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda “Global News” xabar qildi.

Foto: Noi md

“Cezeri” hozircha prototip, dastlabki sinovda 10 metrgacha ko‘tarildi. Turklar kelgusida uchar mashinani ikki ming metr balandlikkacha ko‘tarish, tezligini 100 kilometr/soatgacha oshirishni rejalashtirishgan.

Mashina tayyor bo‘lib, bozorga chiqishigacha 10-15 yil ketadi. Navbatdagi sinovlarda “Baykar Defense” mashinani haydovchi-uchuvchi bilan sinab ko‘rmoqchi.

Mavzuga doir:
Turkiyada koronavirus ikkinchi cho‘qqiga chiqdi
Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi sinovlariga ruxsat berishi mumkin