AQShning Xitoydagi elchisi, iste’foga chiqayotgan Terri Bransted yangi tipdagi SARS-CoV-2 koronavirusining butun dunyoga tarqalib ketishida Xitoyni aybladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Google

“Koronavirusni Uxanning ichida ushlab qolish mumkin edi, biroq pirovard natijada u jahon pandemiyasiga aylanib ketdi”, — dedi diplomat.

U Xitoy tizimi sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni yashirishga uringani va, hatto, epidemiya boshlanayotgani to‘g‘risida xabar bergan shifokorlarni jazolaganini aytib o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika-Xitoy munosabatlarining yomonlashishida aynan Pekin aybdor.

Mavzuga doir:
AQSh fuqarolariga TikTok yuklab olishni taqiqlamoqda
Tramp prezident bo’lganidan so’ng barcha do’stlarini yo’qotganini aytdi
“Yura davriga sayohat”: AQShda bahaybat dinozavr skeleti sotuvga qo‘yildi

Bransted 14-sentabr kuni iste’foga chiqqanligini e’lon qildi. U bu lavozimni 2017-yildan beri egallab kelayotgandi.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 29 milliondan ortiq koronavirus virusi yuqtirilgan, ulardan 944 ming nafari infeksiya tufayli vafot etganlardir.