Kecha, 17-sentabr kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida Yaponiyaning Marubeni kompaniyasining O‘zbekistandagi vakolatxonasi rahbari Nagaxito Miyosi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Foto: RIA Novosti

Uchrashuvda tomonlar Marubeni va Japan Airlines (JAL) kompaniyalariga tegishli JAL Business Aviation aviakompaniyasi tomonidan O‘zbekistonga Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlaridan charter, jumladan VIP charter reyslarini tashkil qilish va ularni sonini ko‘paytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Aviakompaniya vakillari O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirib, O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida turistik oqimni oshirish orqali hamkorlikni tashkil qilishni taklif qildi.

Mazkur masala yuzasidan Qo‘mita raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov va aviakompaniya vakillari mahalliy turoperatorlar bilan uchrashuv tashkil qilishga kelishishdi.

Uchrashuvda aviakompaninyaning Londondagi ofisi hamkorligida Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekistonga charter reyslarini yo‘lga qo‘yish taklifi ko‘tarilib, ushbu tashabbus Yaponiyalik hamkorlar tomonidan maʼqullandi va pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashishi bilan erishilgan kelishuvlar yuzasidan tez orada tashkiliy ishlarni amalga oshirilishi bildirilgan.

Mavzuga doir:
Maxsus poyezd reysi orqali Samaradan 938 nafar yurtdoshimiz olib kelindi
Mingga yaqin oʻzbekistonliklar Rostovdan Vatanga joʻnadi

Maʼlumot uchun, Marubeni Yaponiyaning 5 ta eng yilik turli xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalaridan biri hisobdanadi. Yaponiyada 30 ta bo‘lim va dunyoning 79 mamlakatida 158 ta ofisi mavjud.