Koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarimizga ko‘mak berish maqsadida yurtimizga yana bir guruh rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi. 

Foto: SSV axborot xizmati

SSV xabariga ko‘ra, ular mamlakatimizning turli hududlarida COVID-19’ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishadi.

Ushbu guruh Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg shifokorlar, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralardan iborat 35 nafar tibbiyot xodimlarini jam qilgan. Guruh rahbari – tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy.

Rossiyalik mutaxassislar mamlakatimizning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishadi.

Mavzuga doir:
To‘g‘ri va sifatli ovqatlanish bola immunitetini kuchaytiradi
“JSST dezinfeksiya tunnellarini taqiqlamoqda” – SSV

Eslatib o’tamiz, bundan oldin ham Rossiya Federatsiyasining 40 ga yaqin yetuk mutaxassislari yurtimizda bir oy davomida bo‘lgandi.