AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko’ra, 5,9 magnitudali zilzila AQShning g’arbiy qismidagi Kaliforniya qirg’oqlarida qayd etildi.

Foto: Google

Zilzila UTC soat 02.59 (Toshkent vaqti bilan 07.59) da ro’y berdi. Zilzila epitsentri kichik Petroliya qishlog’idan 86 kilometr g’arbda joylashgan edi. Zilzila manbasi, Geologik tadqiqotlar ma’lumotlariga ko’ra, 2,2 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Yevropa O’rta er dengizi seysmologik markazi (EMSC) ma’lumotlariga ko’ra , zilzila kuchi 5,8 ni tashkil qilgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot olinmadi.