Ushbu dorilar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarining barcha o‘qituvchi va xodimlariga yetkazib berilishi boshlangan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Mir 24

O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishini oldini olish va davolash maqsadida barcha o‘qituvchi va xodimlarni gidroksixloroxin xamda sink preparati bilan bepul ta’minlash topshirildi.

Ushbu topshiriqni bajarish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolandi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda ushbu preparatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan umumta’lim muassasalarining barcha o‘qituvchi va xodimlariga yetkazib berilishi boshlangan.

Mavzuga doir:
Denovda ochilgan 9 ta maktab yana yopildi
Endi 8-9-sinf o‘quvchilariga dasturchi, dizayner, tarjimon kasblari o‘rgatiladi