Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida shu yil 5-fevral kuni kechasi Qo‘qon shahridagi “Shedevr” choyxonasida sodir etilgan bezorilik va odam o‘ldirishga suiiqasd qilish jinoyatlari va shunga aloqador boshqa jinoyat ishlarini ko‘rish boshlandi. Bu haqda O’zA xabar berdi.

Foto: O’zA

Bir guruh yoshlar o‘rtasida ro‘y bergan ommaviy to‘polon o‘sha paytda shov-shuvlarga sabab bo‘lib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tezkor tadbirlar olib borildi. Voqea ishtirokchilarining barchasi qo‘lga olingan.

Dastlabki tergov organi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi, 277-moddasi, 25-97-moddasi 2-qismi, 248-moddasi 2- va 3-qismlari kabi jinoyat sodir etgan jami 37 nafar shaxsga nisbatan ayb e’lon qilgan.

Mavzuga doir:
Farg’onada uy-joy qurishi uchun yer olmoqchi bo’lgan yana bir fuqaro 5000 dollarga aldandi
Uchko‘prikda “Nexia” salonidan $500 o‘g‘irlagan shaxs qamoqqa olindi
Farg‘onada uy sotib olmoqchi bo‘lgan ayol 5000 dollarga aldandi