Hukumat qarori bilan (566-son, 17.09.2020 y.) 2020-2022 yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Foto: Google

Dasturning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib tumanni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholining, xususan xotin-qizlar, yoshlar va kam ta’minlangan fuqarolarning bandligini ta’minlash orqali ularning daromadlarini va turmush darajasini oshirish belgilandi.

Dasturga ko‘ra, tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida jami 204 ta loyihaning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, sanoat, xizmatlar, servis va savdo sohalarini rivojlantirish bo‘yicha jami 50 ta loyihaning amalga oshirilishi, bu orqali 8 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zlangan.

Mavzuga doir:
Test tizimiga oid Hukumat qarori qabul qilindi
Xorazmda yangi xalqaro universitet tashkil etildi

Shuningdek, tumanda ko‘p qavatli uy-joylar majmuasini barpo etish bo‘yicha 19 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 1215 ta ish o‘rni yaratilishi belgilangan.