Sayyoramizning eng keksa fuqarosi, yaponiyalik Kane Tanaka 18-sentabr, juma kuni uzoq umr ko‘rish bo‘yicha rekord o‘rnatdi – 117 yil va 260 kun, deb xabar berdi “NHK” telekanali.

Foto: Erkak UZ

Tanaka ushbu unvonga ikki yil oldin vafot etgan Nabi Tadzimadan so‘ng erishdi.

Kane Tanaka 1903-yil 2-yanvar kuni dunyoga kelgan. U sayyoramizning eng keksa fuqarosi sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Yaponiyada 100 yoshdan oshgan qariyb 80 ming nafar fuqaro istiqomat qilmoqda.

Mavzuga doir:
Dunyoning eng keksa milliarderlaridan biri vafot etdi
Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko’rish sirini ochib berdi