Fransiyaning Dijon shahrida Chechenistondan kelgan ikki muhojir hibsga olingan.

Foto: Sof UZ

Ular fitna uyushtirishda va og‘irlashtirilgan zo‘ravonlikda ayblanmoqda, deb xabar berdi shahar prokurori Erik Mate France Info nashriga. Hibsga olinganlar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

30 yoshli sudlanuvchilardan biri Nitssada, ikkinchisi Dol kommunasida istiqomat qiladi. Ular sudgacha qamoqda saqlanmoqda.

Iyun oyida Dijon shahrida chechenlar va mag‘riblik arablar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi. “Qora marvarid” chilimxonasida Mag‘rib arablari chechen yoshlarini kaltakladilar. Keyin shahardagi chechen diasporasi ularga qarshi turishdi.

Mavzuga doir:
Fransiyada marhum bilan turmush qurish mumkin
Fransiyaning sobiq prezidenti shifoxonaga tushib qoldi

To‘qnashuvlar paytida bir necha kishi yaralangan, bir nechtasi hibsga olingan. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Fransiyadagi chechen diasporasini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.