Joriy yilning 1-sentabr holatiga O‘zbekiston 64 ta davlatdan qiymati 16,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini import qilgan.

Foto: Google

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,2 mln. AQSh dollariga kamdir.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sakkiz oy mobaynida import qilingan tayyor kiyim-kechak mahsulotlarining eng katta ulushi Xitoy (6,5 mln.), Turkiya (4,9 mln.), Rossiya Federatsiyasi (839,1 ming), Hindiston (714,0 ming) va 647,9 ming AQSh dollari bilan Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilda O‘zbekistonda qiymati 7,2 trln. so‘mga teng bo‘lgan tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarilgan.

Mavzuga doir:
O‘zbekiston 8 oyda xorijdan qancha muzlatgich sotib olgani ochiqlandi
Yil boshidan O‘zbekiston 79,3 ming tonnadan ziyod qovun-tarvuz eksport qildi

Eslatib o’tamiz, avvalroq avgust oyida O’zbekistonda eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgani ma’lum qilingandi.