O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi dam olish kunlari qanday ob-havo kutayotgani haqida ma’lumot taqdim etdi.

Foto: Google

Bugun O‘zbekiston hududi Volgabo‘yidan kelgan antitsiklonning sovuq va kam nam havosi ta’sirida bo‘ladi.

Mamlakatimizda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi., faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Harorat iqlimiy me’yorlardan 7-9 darajaga past bo‘lib, 20-25 daraja iliqni tashkil qiladi.

Ertaga sovuq oqim chekinadi. Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tunda va ertalab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi.

Mavzuga doir:
Kam uxlagan odamlarga hatto yoqimli voqealar ham zavq bag‘ishlamay qo‘yadi – olimlar
Dietolog bolalar uchun eng foydali nonushtani ma’lum qildi

Harorat kechasi antitsiklon ta’sirida 8-11 darajagacha pasayadi, kunduzi 24-27 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo ochiq bo‘ladi, haroratning kechasi 10-15 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari mamlakatimiz shimolida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.