Fransiya qonunlariga ko‘ra, marhum bilan nikoh rasman ro‘yxatga olinishi mumkin. Bunda marhumning nikohga roziligini bildiruvchi vasiyatnoma yoki boshqa hujjat talab qilinadi.

Foto: Google

Nikoh marhumning tiriklik paytidagi sana bilan ro‘yxatga olinadi va u marhumning merosiga egalik qilish huquqini bermaydi.

1950-yilda Fransiyaning Frejyus shahrida yuz bergan to‘g‘on o‘pirilishi natijasida 400 kishi nobud bo‘ladi. Qurbonlardan biri Andre Kapra ismli yigitning sevgilisi Iren Jodart marhum bilan nikohdan o‘tishga ruxsat berishni so‘rab Sharl de Gollga murojaat qiladi.

Masala keng jamoatchilikning qizg‘in munozarasiga sabab bo‘lgach, mamlakat rahbari bu nikohga rozilik beradi. Shundan so‘ng Fuqarolik kodeksiga yuqoridagi modda kiritilgan.

Mavzuga doir:
Fransiyaning sobiq prezidenti shifoxonaga tushib qoldi
Fransiya ko‘chalariga “sariq nimchalilar” yana qaytdi
Koronavirus Ispaniya va Fransiyada yana shiddat bilan tarqalmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga ko‘ra, nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYo organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o‘tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi.