O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun mamlakatimizda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Iordaniya elchisi Solih Ahmad al-Javarnehni qabul qildi.

Foto: Sputnik

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotida keltirilishicha, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek, BMT hamda Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilganidek, iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni faollashtirish, o‘zaro savdo hajmini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, tomonlar ikki davlat o‘rtasida Ishbilarmonlar qo‘shma kengashini tuzish bo‘yicha fikr almashdi.

Mavzuga doir:
Rossiyaning O’zbekistondagi yangi elchisi tayinlanadi
Abdulaziz Komilov Sergey Lavrov bilan uchrashdi

Uchrashuv yakunida Vazir Elchining O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni izchil rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Solih Ahmad al-Javarneh, o‘z navbatida, O‘zbekistonda samarali faoliyat yuritishida qulay sharoitlar yaratilgani uchun minnatdorlik bildirgan.