Avval xabar berganimizdek, Rossiya Federatsiyasining 40 ga yaqin yetuk mutaxassislari yurtimizda bir oy davomida bo‘lgan edi.

Foto: SSV axborot xizmati

SSV xabariga ko’ra, bugun esa O‘zbekistonga ushbu mamlakatdan yana bir tibbiyot xodimlari guruhi tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ushbu guruh Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg shifokorlar, laborator diagnostika mutaxassislari hamda anestezist hamshiralardan iborat 35 nafar tibbiyot xodimlarini jam qilgan.

Guruh rahbari – tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy.

Mavzuga doir:
To‘g‘ri va sifatli ovqatlanish bola immunitetini kuchaytiradi
“JSST dezinfeksiya tunnellarini taqiqlamoqda” – SSV

Qayd etilishicha, bugun yurtimizga uchib kelishi kutilayotgan guruh a’zolari mamlakatimizning turli hududlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lib, shifokorlarimiz bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashishadi.