Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.

Foto: RIA Novosti

Qayd etilishicha, respublika hududida avtotransport vositalari sonining keskin ortishi bilan bir qatorda, ayrim haydovchilar tomonidan aholi punktlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanishi hollari ham uchramoqda.

Bunday harakatlar fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligi buzilishiga sabab bo‘lmoqda.

Loyihada O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 127-moddasining birinchi qismiga qo‘shimchalar kiritilib, ushbu modda qo‘yidagi tahrirda bayon etilmoqda:

“Tovush signalini sababsiz berish, aholi punkti yerlarida transport vositalarining magnitofon va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalaridan ovozini baland qilib foydalanish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish” so‘zlari bilan to‘ldirilmoqda.

Mavzuga doir:
“Avtotransport vositalarini ishlab chiqarish sanoati to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilinadi
“Yoshlar” teleradiokanalining barcha aksiyasi Yoshlar ishlari agentligiga beriladi

Mazkur modda birinchi qismining sanksiyasidagi bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi jarima uch baravari miqdoriga o‘zgartirilmoqda.

Yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq faoliyatning ta’sirchanligini oshiradi.

Fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishlariga hamda inson salomatligiga salbiy ta’sir qilish omillarini kamaytiradi.