Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Mutaxassis karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilishi haqidagi savolga yana bir bor javob berdi.

Foto: Google

Savol: Aholi orasida 15-oktabrdan karantin tadbirlari qaytadan kuchaytirilishi to‘g‘risida savollar aylanib yuribdi. Bu nechog‘lik to‘g‘ri ma’lumot?

Javob: Birinchidan, karantin choralarini takroran kuchaytirilishiga asos bo‘ladigan sababning o‘zi yo‘q:

  • koronavirus infeksiyasi bilan kurashishi uchun respublika sog‘liqni saqlash tizimi yetarli darajada dori vositalari, test sistemalar,  shifo o‘rinlari, IVL (sun’iy nafas olish apprati), kislorod konsentratorlari va  tibbiy maxsus kiyimlarning yetarli zaxirasi tashkil etilgan;
  • COVID-19 bilan kurashishda davlatimiz tibbiyot xodimlari xorijiy xamkasblari bilan muntazam aloqa o‘rnatdi va  ilg‘or xalqaro tajribalarni respublikamiz tibbiyot amaliyotiga tadbiq etish imkoniyati yaratildi.

Mavzuga doir:
Oʻzbekiston koronavirus infeksiyasining ikkinchi toʻlqiniga tayyormi?
“JSST dezinfeksiya tunnellarini taqiqlamoqda” – SSV
COVID-19 bepushtlik keltirib chiqaradigan kasalliklar sirasiga kirmaydi – Otabekov

Ikkinchidan, fuqarolarning  o‘zini va yaqinlarini sog‘ligini saqlash uchun karantin qoidalariga  qat’iy rioya qilishni davom ettirishimiz kerak:

  • Respublikada karantin bekor qilingani yo‘q, yumshatildi xolos. Bu davrda yo‘l qo‘yilgan mas’uliyatsizlik, ushbu kasallikga chalinish ehtimolini oshiribgina qolmasdan, ba’zi yondosh kasalligi bor odamlarda og‘ir kechishi, hatto o‘limga ham olib kelishi mumkinligini unutmaslik;
  • odamlar gavjum bo‘ladigan joylarda (istirohat bog‘lari, dam olish maskanlari, mahalla, ko‘chalar, savdo, transport va h.k) aholi tomonidan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalarini buzilishi holatlariga barham berish bo‘yicha kengaytirilgan tushuntirish va nazorat tadbirlarini davom ettirish, belgilangan talablarni buzgan shaxslarga murosasiz bo‘lish;
  • fuqarolarga o‘zlari, yaqinlari va atrofdagilarning sog‘lig‘i uchun mas’ul ekanliklarini doimo eslatib turish, ularni tartibga chaqirish, shuningdek, turli surunkali kasalliklarga chalingan va koronavirusni og‘ir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan aholi qatlamini himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni bajarishda aholini vijdonan yondoshishga chaqirish, — dedi Nurmat Otabekov.